«Atalanta» - «Yuventus» ishtirokidagi Italiya kubogi final o'yini boshqa stadionga ko'chirilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 718

Italiya kubogi final bahsi, «Atalanta» «Yuventus» dastlab rejalashtirilganidek Milandagi «San-Siro»da emas, Rimdagi «Olimpiko» stadionida o'tkazilishi mumkin.
Bu yil «Olimpiko» stadioni 2020 yilgi Evropa chempionatiga tayyorlanayotgani sababli ushbu o'yinni boshqa arenada o'tkazishni iltimos qilgan bo'lsada, UEFA o'yinni Rimda o'tkazishga ruxsat berishi mumkin. Faqat stadionda tomoshabinlar yo'q bo'lishi sharti bilan. Ayni paytda, Italiya futbol federatsiyasi ushbu qarorni UEFA bilan muvofiqlashtirmoqda.
Ma'lumot uchun, «Atalanta» - «Yuventus» o'rtasidagi Italiya kubogi final bahsi 19 may sanasida bo'lib o'tadi.
Manba: football ItaliaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241