EChL. «Barselona»ning «PSJ»ga qarshi kengaytirilgan tarkibi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 702
46
«Barselona» Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi dastlabki o'yini doirasida «PSJ»ga qarshi maydonga chiqadi. "Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi bugun bo'ladigan bahs uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.
Tarkibdan Ronald Arauxo, Filippe Koutino, Ansu Fati, Serxi Roberto o'rin olishmadi. Aksincha, Jerar Pike va Martin Breytueyt safga qaytishdi.
«Barselona»ning «PSJ»ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi:
Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Norbertu Neto, Inyaki Penya
Himoyachilar: Serjino Dest, Jerar Pike, Kleman Langle, Xordi Alba, Samuel Umtiti, Xunior Firpo, Oskar Mingeza
Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Miralem Pyanich, Riki Puch, Pedri, Fransishku Trinkau, Frenki de Yong, Mateus Fernandes.
Hujumchilar: Antuan Grizmann, Lionel Messi, Usmon Dembele, Martin Breytueyt .
«Barselona» va «PSJ» jamoalari o'rtasidagi bahs 16 fevraldan 17 fevralga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.


Bosh sahifaga
237