O'rtoqlik uchrashuvi. «Dinamo» «Neftchi»ga mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 936

Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan «Dinamo» va «Neftchi» klublari Toshkentda o'zaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi.
Shu kuni Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov singari Farg'ona klubi ustozi Ilhom Mo'minjonov ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.
Shu kuni «Dinamo» safida ukrainalik legioner Dmitriy Sidorenko ko'rikdan o'tkazildi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda «Dinamo» «Neftchi»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Vodiyliklardan gollarga Sherzod Karimov va Otabek Zokirov, ko'hna shaharliklardan golga Jasur Hasanov mualliflik qildi.
16 fevral (seshanba)
O'rtoqlik uchrashuvi. Toshkent
«Dinamo» - «Neftchi» - 1:2
Gollar: Jasur Hasanov 87 – Otabek Zokirov 30, Sherzod Karimov 60.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Jasur Hasanov, Obid Jo'raboev, Muhammadqodir Hamraliev, Komil Sharofutdinov, Islom Sharipov, Dmitriy Sidorenko, Timur Hakimov, Oleg Marchuk, Temur Usmonov, Mixaylo Udod.
Zaxira tarkib: Dilshod Hamroev, Sarvar Abdusalomov, Humoyun Sherbo'taev, Faxriddin Alimov, Javlon Malikov, Jamshid Hasanov, Temur Ismoilov.
«Neftchi»: Akbar To'raev, Akmal Shorahmedov, Shavkat Mullajonov, Darko Stanoevich (kattasi), Saydullo Rahmatov, Sardor Abdunabiev, Sobit Sindarov, Abdulloh Olimov, Sherzod Karimov, Xudoyshukur Sattorov, Ulug'bek Xoshimov.
Zaxira tarkib: Shuhratillo Rahmonov, Otabek Zokirov, Izzatillo Abdullaev, Darko Stanoevich (kichigi), Sarvar Soliev, Azam Aliev, Umar Adhamzoda.

Bosh sahifaga
305