Mourino — IFFHS versiyasi bo'yicha XXI asrning eng yaxshi murabbiyi deb topildi (+ro'yxat)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1928

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) XXI asrda jahonning eng yaxshi murabbiylari reytingini e'lon qildi.
58 yoshli portugaliyalik mutaxassis faoliyati davomida «Portu» (2003/04) va «Inter» (2009/10) bilan ikki marta Evropa chempionlar ligasi, shuningdek, «Portu» (2002/03) bilan UEFA kubogi va «Manchester Yunayted» (2016/17) bilan Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
Mourino 4 marta — 2004, 2005, 2010 va 2012 yillarda jahonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.
O'tkazilgan so'rovnomada Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rin esa «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson va «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola uchinchi o'rinni band etishdi.
Arsen Venger, Karlo Anchelotti, Visente del Boske, Diego Simeone, Dide Desham, Marselo Belsa va Fabio Kapello kuchli o'nlikka kirishdi.
Joze Mourino (Portugaliya) — 226
Yoaxim Lyov (Germaniya) — 213
Ser Aleks Fergyuson (Shotlandiya) — 183
Xosep Gvardiola (Ispaniya) — 183
Arsen Venger (Frantsiya) — 181
Karlo Anchelotti (Italiya) — 165
Visente del Boske (Ispaniya) — 157
Diego Simeone (Argentina) — 152
Dide Desham (Frantsiya) — 131
Marselo Belsa (Argentina) — 121
Fabio Kapello (Italiya) — 120
Gus Xiddink (Niderlandiya) — 112
Luis Felipe Skolari (Braziliya) — 110
Rafael Benites (Ispaniya) — 103
Marchelo Lippi (Italiya) — 100

Bosh sahifaga
308