So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston terma jamoasi nazorat o'yinida Iordaniyadan ustun keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 489
Dubayda xorij yig'ini o'tkazayotgan Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy jamoasi bugun navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi.
Terma jamoamiz Iordaniyaga qarshi maydonga tushib, ishonchli 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinning 69-daqiqasida Husniddin G'ofurov Oybek Bozorovning uzatmasidan keyin Iordaniya darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi.
80-daqiqada yana katta sahnaga Bozorov chiqdi. Bu safar u darvozabonni dog'da qoldirib, to'pni Abduxoliqovga etkazib berdi. Temurxo'ja yakuniy zarbani yo'llashda adashmadi, 2:0.
O'rtoqlik uchrashuvi. Dubay.
O'zbekiston – Iordaniya – 2:0
Gol: Husniddin G'ofurov 71, Temurxo'ja Abduxoliqov, 80.
O'zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Hojiakbar Alijonov (Murod Xolmuhammedov, 46), Islom To'xtaxo'jaev (Igor Golban, 84), Islom Qobilov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Odil Hamrobekov, Sanjar Qodirqulov (Nurillo To'xtasinov, 86), Akmal Mozgavoy (Vagiz Galiulin, 46), Aziz Turg'unboev (Oybek Bozorov, 46), Hojimat Erkinov (Husniddin G'ofurov, 69), Temurxo'ja Abduholiqov.
Zaxira: Botirali Ergashev, Farrux Sayfiev, Oybek Rustamov, Mirjahon Mirahmadov, Husniddin Aliqulov.
Chetlatish: Iordaniyalik yarimhimoyachi, 12.