A Seriya. «Atalanta» mehmonda muhim g'alabani qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349

Italiya A Seriyasi 22-turi doirasida «Atalanta» «Kalyari» uyiga safar uyushtirdi hamda minimal hisobdagi g'alaba bilan ortga qaytdi.
Uchrashuvda Luis Murielning kiritgan yagona goli bergamoliklarga g'alabani ta'minlab berdi. Endi «Atalanta» 40 ochko to'plagan holda turnir jadvalida 7-o'rinni band etgan.
"Kalyari" - "Atalanta" 0:1 (0:0)
Gol: Muriel, 90 - 0:1
"Kalyari": Krano, Dzappa, Valyukevich (Cherri, 90), Rugani, Likoyannis, Joao Pedro, Nandes, Nainggolan (Dankan, 79), Marin (Deyola, 86), Godin, Simeone (Pavoletti, 79).
"Atalanta": Sportello, Gimshiti, Palomino, Romero, Gozens, Froyler, Pessina (de Ron, 46), Ilichich (Muriel, 69), Pashalich (Miranchuk, 46), Shutalo (Mele, 62), Sapata (Malinovskiy, 85).

Bosh sahifaga
315