Messi Xaviga tenglashib oldi, endi rekord uchun bir qadam qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 866

“Barselona“ hujumchisi Lionel Messi “Alaves“ga qarshi La Liganing 23-turi doirasidagi bahsda maydonga tushdi. Bu argentinalikning “ko'k-anorranglilar“ safidagi 505-o'yini sifatida qayd etildi.
2004 yil oktyabr oyida “Barselona“ tarkibida debyut qilgan Messi ushbu ko'rsatkichdan so'ng, kataloniyaliklarning La Ligadagi o'yinlar soni bo'yicha etakchisi Xavi bilan bilan tenglashib oldi. “Barselona“ning La Ligada,bir klub safida eng ko'p o'yin o'tkazgan eng yaxshi futbolchilar beshligi quyidagilar:
1. Lionel Messi - 505 (bugungi o'yinni hisobga olgan holda);
2. Xavi - 505;
3. Andres Inesta - 442;
4. Serxio Buskets - 399 (bugungi o'yinni hisobga olgan holda);
5. Karles Puyol - 392.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208