«Barselona» Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 492

«Barselona» ayollar jamoasi Ispaniya kubogiga ega chiqdi. Kataloniya jamoasi finalda «Logrono»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Qayd etish kerakki, ushbu sovrin 2019/20 yilgi mavsumga tegishli bo'lib, pandemiya bilan bog'liq uzilish va to'xtalishlar yuzaga kelganligi bois musobaqa endi davom ettirilib, g'olib nomi aniqlandi.
Shu tariqa «Barselona» 2019/20 yilgi mavsumdagi to'rtinchi sovrinni qo'lga kiritdi. Bungacha ular Kataloniya Kubogi, Ispaniya Superkubogi va La Liga g'olibiga ham aylanishgan edi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203