APL. «Manchester Siti» «Tottenxem»ga imkoniyat qoldirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 962

Angliya chempionatining 24-turi doirasida bo'lib o'tgan markaziy bahs yakunlandi. «Manchester Siti» o'z maydonida «Tottenxem»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida londonlik himoyachilarning qo'pollik tufayli "shporlar" darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni "Siti" posboni Ederson tepmoqchi bo'lgandi, ammo bu imkoniyatni "shaharliklar" Rodriga berishdi. Uning zarbasini Loris qaytargandek bo'lgandi, ammo to'p darvozabonning qo'llaridan to'pga borib tushdi.
APLning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Ilkay Gyundogan ikkinchi bo'limda porladi. U 50 va 66-daqiqalarda raqib darvozasini ikki marta ishg'ol qildi. Yakuniy hisob — 3:0.
Shu tariqa, Gvardiola jamoasi o'z ochkolarini 53taga etkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. "Tottenxem" esa 36 ochko bilan 8-pog'onada qoldi.
APL, 24-tur
Manchester Siti – Tottenxem 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 23, penalti Rodri, 2:0 – 50 Gyundogan, 3:0 – 66 Gyundogan.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Laport, Stounz, Zinchenko, Rodri, Gyundogan (Ferran Torres, 69), Foden, Bernardu Silva, Sterling, Gabriel Jezus (Mahrez, 79).
Tottenxem – Loris, Sanches, Tanganga, Devis, Dayer, Ndombele (Alli, 64), Lamela (Beyl, 72), Lukas Moura (Sissoko, 46), Xeyberg, Son Xiin Min, Keyn.
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (29), Lamela (65), Dayer (77), Devis (90).

Bosh sahifaga
214