A seriya. «Yuventus» Neapolda mag'lubiyatga uchradi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 918

Italiya chempionatining 22-turidan o'rin olgan markaziy o'yin hozirgina yakunlandi. «Napoli» o'z uyida «Yuventus»ni qabul qilib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
Kutilganidek, uchrashuvni turinliklar faol boshlashdi. Ammo 31-daqiqada hakam videotakrorni tomosha qilgach, "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgilashga qaror qildi. Jarima zarbasi amalga oshirilganidan so'ng Kellini o'z jarima maydoni ichida qo'l bilan Rahmoniyning yuziga urgan edi. Insine esa penaltidan ishonch bilan foydalandi.
Shundan so'ng Pirlo shogirdlari bahs davomida ustunlikni to'liq qo'lga kiritishdi. Ammo neapolliklar posboni Aleks Meret mehmonlarning xavfli zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bu kecha "Yuve"ga omad kulib boqmoqda.
Natijada "Napoli" o'z ochkolarini 40taga etkazib, jadvalda 4-o'ringa ko'tarilib olgan bo'lsa, "Yuventus" 42 ochko to'plagan holda peshqadam "Milan"dan 7 ochko ortda qolmoqda.
Italiya A seriyasi, 22-tur
Napoli – Yuventus 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 31, penalti Insine.
Napoli – Meret, Di Lorentso, Mariu Ruy, Maksimovich, Rraxmani, Politano (Fabian Ruis, 65), Zelinski (Elmaz, 64), Losano, Bakayoko, Insine (Lobotka, 88), Osimxen (Petanya, 75).
Yuventus – Shchensni, Kellini, de Ligt, Danilo, Bentankur (Kulusevski, 72), Kuadrado (Aleks Sandro, 46), Keza, Rabo, Bernardeski (Makkenni, 63), Morata, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Di Lorentso (23), Kellini (30), Kuadrado (45), Bakayoko (56), Rabo (90).

Bosh sahifaga
221