"Arsenal" "Sporting" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Sporting" hujumchisi Tiagu Tomash faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, 18 yoshli portugaliyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining shartnomasida 59 million evro miqdoridagi tovon puli belgilangan, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz tufayli Portugaliya klubi bu summani 23 million evroga tushirishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Tomash ushbu mavsumda "Sporting" tarkibida 22ta o'yin o'tkazib, 5ta gol va 3ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: The SunFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241