Gattuzoning kursisi yana qimirlab qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293

Turli OAV xabarlariga ko'ra, «Napoli» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoga iste'fo berilishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
Bunga murabbiyning «Yuventus»ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyati sabab qilib ko'rsatilgan. Endi jamoa prezidenti Aurelio Di Laurentis yakuniy qarorni ertangi «Yuventus»ga qarshi navbatdagi o'yindan so'ng chiqaradi. Hozircha prezident murabbiylikka qisqa ro'yxat ichidan Roberto De Zerbi («Verona»), Ivan Yurich hamda Vinchentso Italyano («Spetsiya»)lar bilan bog'lanib ko'rgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldinroq rahbariyat Gattuzoga mavsum oxirigacha imkon berishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224