«Bunyodkor» ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1492
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Bunyodkor" safiga ikki nafar futbolchi qo'shildi. O'tgan mavsumni «Qizilqum» jamoasida o'tkazgan, asli «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Sunnatilla Abdullajonov kichik tanaffusdan keyin yana «qaldirg'och»ga aylandi. Yarim himoyachi 2021 yilgi mavsumni «Bunyodkor» safida o'tkazadi. MA'LUMOT UChUN SUNNATILLA ABDULLAJONOV Tug'ilgan sanasi: 22.10.1996 yil Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Ampluasi: yarim himoyachi Faoliyati 2013-2014 yillar «Bunyodkor-2» 2015 yil «Obod» 2016 yil AGMK 2017 yil «NBU-Osiyo» 2018 yil «Andijon» 2019 yil 1-davra «Bunyodkor-2» 2019-2020 yillar «Qizilqum» Shuningdek, iqtidorli darvozabon Ravshan Yagudin ham 2021 yilgi mavsumni «Bunyodkor» libosida o'tkazadi. U o'zining ishonchli harakatlari bilan "Bunyodkor" murabbiylar shtabining e'tiboriga tushdi. RAVShAN YaGUDIN Tug'ilgan sanasi: 10.06.1996 yil Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri «Chig'atoy» maktabi tarbiyalanuvchisi Ampluasi: darvozabon Faoliyati 2014 yil «Kosonsoy» 2015 yil «Metallurg» 2016 yil «Lokomotiv-BFK» 2017 yil «UzDongJu» 2018 yil «Nurafshon» 2019 yil «Sherdor» 2020 yil «Oq-tepa» Manba: fcbunyodkor.com
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!