APLning yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1219
«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Shaharliklar" o'tgan oyda 6ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonishdi. To'plar farqi — 16:1.
Ushbu sovringa Mikel Arteta («Arsenal»), Devid Moyes («Vest Xem») va Grem Potter («Brayton») ham da'vogarlik qilishgandi.
Eslatib o'tamiz, APLning eng yaxshi futbolchisi sovrinini «Manchester Siti» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan qo'lga kiritgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!