Igor Sergeev faoliyatini Qozog'iston chempioni safida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2001

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini Qozog'iston chempionatida davom ettirishi mumkin. O'zbekistonlik futbolchining agentlari hozirda "Astana" klubi bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda vesti.kz'ga asoslanib Stadion.uz xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, poytaxt klubi "Ludogorets"ga transfer qilingan kiprlik hujumchi Pierosa Sotiriuning o'rniga Sergeevni olib kelishmoqchi. Igorning o'zi ham Qozog'iston premer-ligasida to'p tepishga qarshi emas. "Astana" esa mamlakatning amaldagi chempioni sifatida evrokuboklarda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan.
O'zbekistonlik futbolchi "Paxtakor" bilan bir yillik shartnoma borligiga qaramay, u "Astana"ga bepul o'tadi. Hozirda muzokaralar yakunlanish arafasida. Transfermarkt Sergeevni 1,5 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
199