Beylning sog'lig'ida yana muammo yuzaga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1202

"Tottenxem" hujumchisi Garet Beyl sog'lig'ida yuzaga kelgan muammo tufayli jamoasining navbatdagi bahsida maydonga tusha olmaydi.
"Garet yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda zaxirada qoldi. Dushanba kuni esa u o'zini noqulay his qilayotganini, tekshiruvdan o'tishi kerakligini eshitib, hayron bo'ldim. Seshanba kuni esa u mashg'ulotlarga qaytdi, lekin o'z muammosini hal etish uchun shifokorlar bilan ishlashga qaror qildi. Beylda qandaydir og'riq bor. Shu tufayli u to'la kuch bilan ishlay olmayapti", — dedi Joze Mourinyu Goal.com saytiga bergan intervyusida.
Shunday muammo tufayli Garet "Everton"ga qarshi Angliya kubogi bahsida ishtirok etmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213