«Legiya» Yaxshiboev bilan shartnoma imzolanayotganiga ishora qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6619

Polshaning «Legiya» klubi Tvitterdagi sahifasi O'zbekistonning xaritasini joylab, "Quyidagi xarita qaysi mamlakatniki ekanini bilasizmi?", degan savol bilan murojaat qildi.
Bu orqali varshavaliklar O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Jasur Yaxshiboev bilan shartnoma imzolanishiga ishora qilishdi.
"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblangan 23 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni Belarus chempionatida o'tkazgan. U birinchi davrada "Energtik-BGU" safida 14ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. Ikkinchi davrada Soligorskning "Shaxtyor" klubiga ko'chib o'tgach 7ta gol muallifiga aylandi.
"Legiya" Polsha chempionatining joriy mavsumida 16-turdan so'ng 32 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Pogon" klubidan 2 ochko ortda qolmoqda.
Wiedzieliście, że na każdej koszulce meczowej jest inny wzór? ???? #DzieńTransferowy pic.twitter.com/Wu2XPdR7Yr
— Legia Warszawa ???? (@LegiaWarszawa) February 11, 2021 Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
213