«Qo'qon-1912» o'rtoqlik o'yinida «So'g'diyona»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1857

Toshkentda yig'in o'tkazayotgan «Qo'qon-1912» bugun "To'qimachi" stadionida "So'g'diyona" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Bugungi uchrashuvda murabbiylar jamoa safiga yangi qo'shilgan futbolchilarni tekshirib olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
O'rtoqlik o'yinini Murod Xolmuhammedov hamda Oybek Rustamovlar milliy terma jamoa yig'inida bo'lishgani uchun o'tkazib yuborishadi. Shuningdek, qo'qonliklarga safiga yangi qo'shilgan Asadbek Sobirjonov ham O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan.
O'yinni «Qo'qon-1912» faol boshladi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Muhammadanas Hasanovning uzatmasidan so'ng, jamoa safiga yaqinda kelib qo'shilgan Anvar Hojimirzaev kuchli zarbasi bilan "So'g'diyona" darvozasiga gol kiritib, o'yindagi hisobni ochishga erishdi.
Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida "So'g'diyona" jarima zarbasidan so'ng hisobni tenglashtirdi. Arslanmurot Amanovning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p himoyachi Bobur Akbarovga tegib darvozamiz to'ridan o'rin olgan edi.
Ikkinchi bo'lim ham vodiyliklarning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. 54-daqiqada Iqbol Malikjonov jarima zarbasini "a'lo" bahoga ijro etib, jamoani oldinga olib chiqdi.
Qolgan daqiqalarda jamoalar harchand urinmasin, boshqa gol kirita olishmadi. Shu tariqa, «Qo'qon-1912» yig'indagi birinchi o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozonishdi.
O'rtoqlik o'yini
"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" - 2:1
Gollar: Anvar Hojimirzaev (23), Iqbol Malikjonov (54) - Bobur Akbarov (avt,45).
"Qo'qon-1912": Abdullaev Muzaffar, Slavko Lukich, Bobur Akbarov, Ivan Yosovich. Aleksandr Merzlyakov, Anvar Xojimirzaev, Farhod Bekmurodov, Iqbol Malikjonov, Muhammadanas Hasanov, Shohnazar Norbekov, Mo'min Meliev.
Zaxira: Xurshid Xo'jaev, Eldor Adxamov, Avazxon Mamatxo'jaev, Ilhom Vahobov, Sardor Azimov, Sardor Etovqo'ziev, Jamshid Rahmatullaev, Andrey Sidorov.
"So'g'diyona": Shirinboy Abdullaev, Asil Begimqulov, Iskandar Shoyqulov, Jamshid Boltaboev, Elyor Oripov, Shahboz Jo'rabekov, Luka Chermel, Arslanmurot Amanov, Ayubxon No''monov, Po Yon, Shohrux Norxonov.

Bosh sahifaga
193