«Chelsi» tarkibida yo'qotish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 962
Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Timo Verner jamoasiga mamlakat kubogi 1/8 final doirasidagi «Barnsli»ga qarshi bahsda yordam bera olmaydi.
Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel xabar berdi. «Timo tanasida og'riq sezmoqda. Shu sababli u mashg'ulot bazasini erta tark etgan.
Katta ehtimol "Barnsli"ga qarshi o'yinda u maydonga tushmaydi. Ammo, "Nyukasl" bilan bahsgacha Verner tiklanishiga umid qilyapmiz», - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, «Chelsi» hamda «Barnsli» uchrashuvi bugun tunda start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!