Ibrahimovich musiqa festivalida ishtirok etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 585
«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 2-6 mart kunlari Italiyaning San-Remo shahrida o'tkaziladigan musiqa festivalida ishtirok etadi. Shvetsiyalik futbolchi unda qanday vazifani bajarishini tashkilotchilar hozircha sir tutishmoqda.
Shu munosabat bilan A seriya «Milan» – «Udineze» uchrashuvini boshqa muddatga ko'chirish masalasini ko'rib chiqmoqda.
O'z vaqtida San-Remodagi musiqa festivalida Aleks Del Pero va Franchesko Totti, Roberto Manchini va Roberto Badjo, Marchello Lippi va Antonio Kassano ishtirok etishgan. Festival 1951 yildan buyon o'tkazilib kelinadi.
Ibrahimovich mazkur festivalda ishtirok etish orqali bir million evrodan daromad ishlab oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!