Kuman: “Xatolar futbolning bir qismi. Uni tanqid qilish adolatdan emas“
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

“Barselona“ bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya kubogi, yarim finalning dastlabki, “Sevilya“ga qarshi mag'lubiyatli o'yiniga izoh berdi.
“Uchrashuvni tahlil qilishimiz kerak. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik va kurashdik. Ammo raqib ajoyib va jismoniy tayyorgarlikka ega edi. Umtiti yaxshi o'yin namoyish etdi.
U ham boshqalar kabi xatolarga yo'l qo'ydi. Uni ta'qib qilish adolatdan emas. Xatolar futbolning bir qismi. Hamma yutqazashi yoki hamma g'alaba qozonishi mumkin“- deydi Kuman.
Ma'lumot uchun, javob uchrashuvi 3 mart kuni Kataloniyada bo'lib o'tadi. “Sevilya“ - “Barselona“ uchrashuvi g'olibi “Atletik Bilbao“ - “Levante“ juftligi g'olibiga qarshi finalda bahs olib boradi.
Manba: MarcaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265