Neymar «Barselona»ga qarshi o'yin arafasida jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282

Frantsiya kubogining 1/32 final bosqichi doirasida «PSJ» klubi safarda «Kan» mehmoni bo'lib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
Parijliklar hujumchisi Neymar mazkur o'yinning 60-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rniga Kilian Mbappe tushirildi.
Braziliyalik futbolchining mushagi jarohatlandi. Hozircha uning darajasi qay darajada og'irligi ma'lum emas. "PSJ" 16 fevral kuni Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushadi.
E'tiborli tomoni, Neymar ilk marta "PSJ" sardori sifatida maydonga tushirilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267