CatRadio: Koutino ushbu mavsumda boshqa maydonga tushmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1768

«Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutino hozirda tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band. U sog'aygan taqdirda ham kataloniyaliklar joriy mavsumda uni maydonga tushirmoqchi emas. Bu haqda CatRadio xabar tarqatdi.
Agar braziliyalik futbolchi joriy mavsumda "Barsa" safida yana 7ta o'yinda maydonga tushsa ham, "ko'k-anorranglilar" «Liverpul»ga qo'shimcha 5 million evro to'lashlariga to'g'ri keladi.
Jamoa mablag'ni tejash maqsadida Koutinoni maydonga tushirmoqchi emas. Shundoq ham "Barselona" Koutinoning transferi uchun mersisaydliklardan 29 million evro qarzdor.
28 yoshli futbolchi dekabr oyida chap oyog'i tizzasidan jarohat olgan edi. U aprel oyida safga qaytishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192