Boateng klublar o'rtasidagi JCh finalida ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida jamoasiga yordam bera olmaydi.
"Sport Bild" tarqatgan xabarga ko'ra, 32 yoshli futbolchi Qatarni tark etib, Germaniyaga yo'l oldi. Germaniyalik futbolchining qallig'i — 25 yoshli Kasyu Lenxardt bugun o'lik holda topildi. Ular shu paytgacha uchrashib yurib, yaqin kunlarda orani ochiq qilishgandi.
Modelning murdasi ayolning kvartirasida topilgan. Hozircha unda qotillik izlari topilmagan. U o'z joniga qasd qilgan bo'lishi mumkin.
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Boateng Qatardan jo'nab ketganini tasdiqladi: "Ushbu xabardan tashvishga tushdik. Jerom mening xonamda edi va mendan o'zini qo'yib yuborishimni so'radi. U finalda ishtirok etmaydi".

Bosh sahifaga
188