«Inter»ning yangi logotipi internetda paydo bo'ldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 703

Italiya matbuotida "Inter" klubining yangi logotipining surati paydo bo'ldi. "Neradzurri" ushbu logotipni tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza topshirgan.
Logotip chegarasi qora ringli hoshiyadan iborat aylana shaklida bo'lib, uning foni ko'k rangda. Yozuvlar uchun esa oq rang tanlangan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq internetda klub o'z nomi va logotipini o'zgartirmoqchi ekanligi haqida xabar tarqalgandi. Jamoa o'z nomini "Football Club Internazionale Milano"dan "Inter Milano"ga o'zgartirmoqchi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189