Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasida uchinchi jang bo'lib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 537

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-5) va engil divizion sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Pore (27-6) o'rtasidagi uchinchi jang tashkil etilishi mumkin.
Bu haqda insayder Ariel Helvani xabar qilmoqda.
«Hozir, ikki hafta o'tib barchasi may oyida Dastin Pore va Konor Makgregor o'rtasidagi uchinchi jang o'tkazilishiga qarab ketmoqda.
Jang kamar uchun bo'ladimi? Hozir bu masala so'roq ostida qolmoqda. O'ylashimcha, bu jang titul uchun kechmaydi», — deydi Helvani.
Eslatib o'tamiz, UFC 257 musobaqasining asosiy jangida Pore irlandiyalik sportchini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Ular o'rtasidagi ilk jang 2014 yilda bo'lib o'tgan va unda Konor 1-raunddayoq Poreni taslim etgandi.

Bosh sahifaga
189