UEFAga a'zo mamlakatlar EChLning yangi formatiga e'tiroz bildirishmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 452

9 fevral, seshanba kuni UEFA 55ta a'zo-mamlakatlar futbol federatsiyalari bilan Chempionlar ligasining yangi formati borasida onlayn-konferentsiya o'tkazdi.
"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, birorta assotsiatsiya UEFAning mazkur taklifiga qarshilik qilmadi. Yakuniy qaror esa aprel oyida qabul qilinadi.
Rejaga ko'ra, turnirning guruh bosqichi ishtirokchilari soni 36taga etkaziladi. Har bir jamoa kamida 10ta raqib bilan o'ynaydi. Jamoalar guruhlarga bo'linmaydi, musobaqa yaxlit ligaga aylantiriladi. Jamoalar shaxmatda qo'llaniladigan "shveytsarcha tizim" asosida o'yin o'tkazishadi.
Dastlabki 8ta klub avtomatik ravishda pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritsa, undan keyin o'rinni egallagan 16ta jamoa qolgan 8ta yo'llanma uchun kurashni davom ettirishadi.
Yangi format orqali klublar ko'proq o'yinda ishtirok etib, ko'proq daromad olishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
189