Frantsiya klublari hukumatdan moliyaviy yordam so'rashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 397

Frantsiya professional futbol ligasi (LFP) Frantsiya hukumatiga murojaat qilib, klublar uchun moliyaviy yordam so'radi. Ma'lumotlarga qaraganda, koronavirus pandemiyasi tufayli bir nechta klublar bankrot yoqasiga kelib qolgan. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, LFP "qo'llab-quvvatlash rejasi"ni muhokama qilish uchun iqtisodiyot va sport vazirliklari bilan uchrashuv belgilashni talab qildi. Qaysi klublar bankrot yoqasida turgani haqida esa ma'lumot berilmadi.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya chempionatining o'tgan mavsumi koronavirus tufayli oxiriga etkazilmagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202