Evropa ligasi. «Benfika» va «Arsenal» klublari o'rtasidagi har ikkala o'yin neytral maydonda o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 496

Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o'rin olgan «Benfika» va «Arsenal» jamoalari o'rtasidagi har ikkala o'yin neytral maydonda o'tkaziladigan bo'ldi.
Lissabonda o'tishi kerak bo'lgan dastlabki o'yin Rimdagi "Olimpiko" stadioniga ko'chirilgan bo'lsa, javob uchrashuvi esa Londonda emas, Gretsiyada — "Olimpiakos" klubiga tegishli "Georgios Karaiskakis" arenasida bo'lib o'tadi. Bahslar 18 va 25 fevral kunlariga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, koronavirus tufayli avvalroq Evropa ligasidan o'rin olgan "Molde" — "Xoffenxaym" va "Real Sosedad" — "MYu" o'yinlari boshqa joyga ko'chirilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206