Frantsuz klublari hukumatdan amaliy yordam so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

Koronavirus pandemiyasi ta'siri tufayli bir nechta jamoalar bankrotlik arafasida ekanligi xabar qilinmoqda.
Shu tufayli, LFP(Ligue de Football Professionnel) iqtisodiyot, ta'lim va sport vazirligi bilan shoshilinch yig'ilish o'tkazib, jamoalarga ko'mak berish asosida «qo'llab-quvvatlash rejasi»ni muhokama qilmoqda. Bu futbol klublarining inqiroz vaqtida jon saqlab qolishiga xizmat qiladi.
Bunday taklif bilan ayni qaysi klublar murojaat qilganligi haqida esa xabar qilinmagan. Eslatib o'tamiz, 2019/2020 yilgi mavsumda Frantsiya chempionati koronavirus infektsiyasi tarqalishi sababli muddatidan avval to'xtayilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191