UEFA Evrokuboklar doirasidagi yana 2 ta o'yinni boshqa mamlakatga ko'chirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 324

Evropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali ilk bahsidan o'rin olgan «Borussiya M» — «Manchester Siti» uchrashuvi Vengriyaga ko'chirildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati ma'lum qildi.
Germaniya koronavirusning yangi shtammi tarqalishini oldini olish maqsadida 17 fevralga qadar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to'xtatgani bunga sabab qilib ko'rsatilgan.
Uchrashuv 24 fevral kuni bo'lib o'tadi, javob bahsi esa 16 mart kuniga rejalashtirilgan.
Evropa Ligasi 1/16 finali ilk o'yini doirasidagi «Molde» — «Hoffenhaym» uchrashuvi esa Ispaniyaga ko'chirildi. Ta'kidlanishicha, Norvegiya hukumati koronavirus pandemiyasi sabab nemis klubini mamlakatga kirishiga ruxsat bermagan. O'yin 18 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273