Shomurodovga «Yuventus» qiziqish bildiryaptimi? Futbolchining agenti javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovning agenti German Tkachenko o'zbekistonlik hujumchiga «Yuventus» tomonidan qiziqish bo'layotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Eldor A seriyaning eng eng yaxshi jamoalaridan birida o'ynayotganidan baxtli. Unga APL, Bundesliga va La liga klublari qiziqish bildirgandi, ammo u Italiyani tanladi. Chunki «Jenoa»dan tushgan taklif juda qiziqarli edi. Bu klub Shomurodov faoliyati uchun yaxshi joy.
«Yuventus»ning qiziqishi? Buni eshitish yoqimli. Ammo hozir futbolchi bilan hech kim aloqaga chiqmadi. Ehtimol, bu haqda klub ichida gap bo'lgandir», – dedi Tkachenko "Calciomercato" nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287