«Milan» Donnarummaga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

«Rossonerilar» Rimning «Roma» klubi darvozaboni Antonio Miranteni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi.
Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda. «Qizil-qoralar» yozda erkin agentga aylanadigan o'yinchini tekinga qo'lga kiritmoqchi. Mirante «bo'rilar» safiga «Bolonya»dan 4 million evaziga ko'chib o'tgan edi.
Milanliklar 37 yoshli posbonni Donnarummaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Qayd etish kerak, klub Jiji bilan yaqin orada yangi bitimga imzo chekadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281