Flik: «Biz bu musobaqani yutishga haqlimiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

«Bavariya» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yarim finali «Al-Ahli» bilan bahs haqida o'z fikrini bildirdi.
«Biz haqli ravishda finalga chiqdik. O'zi umuman, ushbu musobaqa favoriti sifatida turnirni yutishga haqlimiz. "Al-Ahli" bilan o'tgan bahsda birinchi bo'lim to'liq ustunligimiz bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo'limda esa biroz to'p nazorati borasida qiynaldik. Lekin baribir potentsialni saqlab qola oldik. Ajoyib g'alaba. Men har bir futbolchimni alohida olqishlayman. 6-sovrinni yutish naqadar yoqimli!», deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltiradi Bild.
Eslatib o'tamiz, endi «Bavariya» finalda «Tigres» bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276