Moyes yozgacha hech qanday transferni amalga oshirmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

Londonning «Vest Xem» klubi hujumchilar tanqisligi bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes hali biror bir transferni amalga oshirishni o'ylab ko'rmayapti. U moliyaviy sabablarni ro'kach qilib yozgacha hech bir futbolchi transferini amalga oshirmoqchi emas.
«Hujum chizig'imizda etarlicha muammolar paydo bo'layotgani oydek ravshan. Men barchasini hisobga olib turibman. Bitta futbolchi uchun 15-20 million sarflashga tavakkal qila olmayman», - deydi Moyes.
Eslatib o'tamiz, maosh bilan bog'liq kelishmovchiliklar sabab yanvarda jamoani Sebastyan Alle tark etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284