Azar jarohatlari haqida: «Bu bilan qiyomat yuz bergani yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 319
«Real» yarim himoyachisi Eden Azar o'zining jarohatlari borasida fikr bildirdi.
«Uyda qolayotganim men uchun foydali — vaziyatdan chiqib ketishda oilam menga yordam beradi. Bu bilan qiyomat yuz bergani yo'q, chunki vaqtimni bolalarim bilan o'tkazaman. Jarohat olganingda yolg'iz qolasan. Bu og'ir, ammo meni oilam qo'llab-quvvatlaydi.
Jarohat olganingda, ko'p narsa qilishing mumkin. Albatta, tezroq tiklanish uchun ishlash mumkin, ammo men olgan jarohatdan tiklanish uchun vaqt talab etiladi. Men shunchaki sabr qilishim, sidqidildan ishlarim va o'sishga erishishim kerak.
Uyda bo'lganimda esa oilam bag'rida o'tkazgan vaqtimdan maroqlanaman», – dedi Azar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283