Alaba yiliga qancha maosh xohlayotgan ekanligini «Chelsi»ga ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 970

Angliya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Londonning "Chelsi" vakillari va "Bavariya" himoyachisi David Alaba o'zaro suhbatlashib olgan. Hozircha bu suhbat bitimdan tuzishdan ancha yiroq.
Buning sababi – futbolchining talab qilayotgan maoshi. Himoyachi bir mavsumda 20 million evrodan kam bo'lmagan maosh ishlab olish niyatida. Biroq, "ko'klar" rahbariyati futbolchiga bu qadar yuqori haq to'lamasliklarini ma'lum qilishdi.
Alaba hozircha talablarini kamaytirishga shoshmayapti. U Evropaning biror bir klubidan mana shunday taklif tushishiga ishonmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364