Ronaldu va Jorjina saratonga chalingan 7 yoshli bolaning davolanishi uchun to'lab berishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning qallig'i Jorjina Rodriges Portugaliyada saratonga chalingan 7 yoshli bolaning davolanishi uchun xarajatlarni qoplab berishdi.
Bolaning ota-onasi Krishtianuga minnatdorchilik bildirgan holda o'z farzandini Barselonadagi shifoxonaga olib ketishayotganini ma'lum qilishgan.
«Tomas kerakli tahlillarni topshirish va Vall d’Ebron shifoxonasida saratonga qarshi davolanish kursini o'tkazish uchun Barselona shahri tomon yo'l oldi. Jorjina Rodriges va Krishtianu, yordam, qo'llab-quvvatlash va mehr uchun katta rahmat.
Sizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman, Tomas davolanish imkoniyatiga ega bo'ldi», – deyiladi tarqatilgan xabarda.
A Portuguese couple have thanked Cristiano Ronaldo and Georgina Rodriguez for supporting their 7-year-old son’s battle with cancer.
Tomas was first diagnosed with neuroblastoma in 2019, and is now on his way to Barcelona for treatment ????❤️ pic.twitter.com/jRp5IqeRBc

Bosh sahifaga
380