«PSJ» Ramos bilan muzokara borasida taktika ishlab chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255

"Pari Sen-Jermen" klubi hozircha "Real" himoyachisi Serxio Ramos bilan muzokara olib bormoqchi emas. Bu haqda "El Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, parijliklar futbolchining "Madrid" bilan shartnomasi yakunlanganidan keyingina Serxio bilan muzokara boshlashadi. Ramosning madridliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. Hozircha tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olishmayapti. Shu tariqa, u yangi jamoa safiga bepul o'tishi mumkin.
34 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalar doirasida 18ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
433