"Napoli" futbolchisi safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 344

Italiyaning «Napoli» klubi o'z himoyachisi Kostas Manolasni jarohat sabab safdan chiqqanini rasman ma'lum qildi. Gretsiyalik futbolchi uch haftaga safdan chiqdi. U A Seriya doirasida «Atalanta» va Italiya Kubogi yarim final doirasida «Yuventus»ga qarshi bo'ladigan o'yinlarda maydonga tushmaydi.
Manolas o'ng oyoq sonidan jarohat oldi. Hozircha operatsiya talab qilinmayapti, lekin murabbiylar shtabi uni mart oyining o'rtalarigacha maydonga tushirmaslikka qaror qilishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
430