Tahdidlar sababli APL hakami o'yinlarni boshqarish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

Angliya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, APL hakami Mayk Din yaqin kelajakdagi o'yinlarni boshqarish niyatida emas. Referi APL rahbariyatidan o'zini o'yinlarga tayinlamasligini so'ragan.
Dinning bunday qarorga kelishiga tahdidlar sabab bo'ldi. Hakam ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaviy tahdidlar ostida qolib ketdi.
U so'nggi ikki o'yinda jiddiy xatolarga yo'l qo'ydi. Din «Vest Xem» - «Fulxem» va «Manchester Yunayted» - «Sautgempton» jamoalari o'rtasidagi o'yinlarda xatolar tufayli qizil kartochkalar ko'rsatgandi.
O'z navbatida «Sautgempton» Dinni o'yinlarga tayinlamaslikni APLdan so'ragandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
412