"Paxtakor" Qibrayda mashg'ulotga kirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

BAA yig'inidan qaytib kelgan jamoamiz ikki kunlik qisqa tanaffusdan keyin yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishdi.
Qibrayda o'tayotgan mashg'ulotlarda futbolchilar 2021 yilgi mavsumga hozirlikni davom ettirishmoqda. Bugun murabbiylar shtabi futbolchilar bilan ikki mahal mashg'ulot o'tkazishdi. Hojiakbar Alijonov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Aziz Turg'unboev va Hojimat Erkinov milliy terma jamoa yig'iniga jo'nab ketishdi va 18 fevral kuni Toshkentga qaytishadi.
Manba: “Paxtakor” PFK matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
426