Lukaku Madrid klubi qiziqish doirasiga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 314

Madridning «Real» klubi «Inter» hujumchisi Romelu Lukaku o'yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda.
Ispan jurnalistlari tarqatgan xabarlarga ko'ra, «qirollik klubi» ayni dam sotib olishi deyarli imkonsiz bo'lib borayotgan Mbappe o'rniga boshqa nomzodlar izlab ko'rmoqda.
Bu yo'lda esa Lukakuga eng foydali va nisbatan arzonroq variant sifatida qaralyapti. Hozircha uning bahosi 90 millionga teng.
Joriy mavsum belgiyalik futbolchi «neradzurrilar» safida 27 o'yin o'tkazib 20 gol va 3 assistni qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260