«Barselona» futbolchisi safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Ronald Arauxo kecha «Betis»ga qarshi uchrashuvda (3:2) jarohat oldi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar beradi. U birinchi bo'limning 11-daqiqasidayoq almashtirilgan edi. Bugun futbolchi to'liq tibbiy tekshiruvdan o'tadi va shundan so'ng jarohatning qay darajada jiddiy ekani va futbolchining qachon safga qaytishiga oydinlik kiritiladi.
Joriy mavsum Arauxo «Barselona» safida 20 o'yinda maydonga tushib 1 gol muallifiga aylandi. Uning shartnomasi 2023 yil muddatgacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260