Trinkau 27-o'yinda «Barsa»dagi debyut golini urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353

«Barselona» yarim himoyachisi Fransishku Trinkau La liganing 22-turida bo'lib o'tgan «Betis»ga qarshi o'yinda (3:2) raqib darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi.
21 yoshli futbolchi bahsning 57-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, 87-daqiqada andalusiyaliklar darvozasini ishg'ol qildi.
Portugaliyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. Trinkau bu ishni barcha musobaqalar doirasida 27ta o'yinga kelib amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» Trinkauni «Braga»dan 31 mln evroga xarid qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232