Gvardiola faoliyati davomidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226

«Manchester Siti» «Liverpul» ustidan qozonilgan muvaffaqiyat orqali o'zining g'alabali seriyasini 14 taga etkazib oldi.
«Shaharliklar» oxirgi marta dekabr oyida «Vest Brom» bilan durang o'ynagan edi (1:1). Ushbu vaqt oralig'ida jamoa 37 gol urib 4 ta o'tkazib yuborgan.
Ushbu natija bosh murabbiy Pep Gvardiolaning butun faoliyatidagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi. U bundan oldin «Bavariya»da qatorasiga 13 o'yinni yutib chiqqan edi.
Ayni dam «Man Siti» APL turnir jadvalida 50 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227