APL. «Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni tor-mor keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Angliya chempionatining 23-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga etdi. "Liverpul" "Enfild"da "Manchester Siti"ni qabul qilib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
"Shaharliklar" 37-daqiqada penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi, ammo Gyundoganning zarbasidan keyin to'p yuqoridan o'tib ketdi. Ilkay ikkinchi bo'lim boshida xatosini to'g'riladi hamda o'yindan hisobni ochdi.
Uchrashuvning 63-daqiqasida Saloh penalti ishladi va uni o'z samarali amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
Keyingi daqiqalarda esa "Liverpul" posboni Alisson Bekkerning 2ta qo'pol xatosi bilan yodda qoldi. Braziliyalik posboni to'pni o'z darvozasidan uzoqlashtirish paytida raqibga berib qo'ydi. Bundan esa "Siti" futbolchilari samarali foydalanishdi. Gol mualliflari — Gyundogan va Sterling.
O'yin tugashiga 7 daqiqa qolganida Foden ham o'z hisobiga bitta gol yozib, hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi.
Ushbu g'alabadan so'ng Gvardiola jamoasi o'z ochkolarini 50taga etkazdi. "Siti" bitta zaxira o'yiniga ega bo'lgan holda 2-o'rindagi "MYu"dan 5 ochkoga ilgarilab ketdi.
APL, 23-tur
Liverpul – Manchester Siti 1:4 (0:0, 1:4)
Gollar: 0:1 – 49 Gyundogan, 1:1 – 63, penalti Salax, 1:2 – 73 Gyundogan, 1:3 – 76 Sterling, 1:4 – 83 Foden.
Liverpul – Alisson, Fabino, Aleksander-Arnold, Robertson (Tsimikas, 85), Djons (Milner, 68), Tiago Alkantara (Shakiri, 68), Salax, Veynaldum, Mane, Xenderson, Firmino.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, Foden, Gyundogan, Sterling, Rodri, Marez (Gabriel Jezus, 72), Bernardu Silva.
Ogohlantirishlar: Tiago Alkantara (3), Ruben Diash (62), Fabino (70).

Bosh sahifaga
250