A seriya. «Milan» Ibrahimovich va Rebichning dubli evaziga g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Italiya chempionatining 21-turi doirasida «Milan» o'z maydonida «Krotone»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Zlatan Ibrahimovich birinchi bo'limda hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim o'rtalarida ikkinchi golini urdi. Oradan ko'p o'tmasdan Ante Rebich bir daqiqa ichida raqib darvozasini ishg'ol qildi. «Krotone» esa biror marta javob qaytara olmadi.
Ushbu g'alabadan so'ng «rossoneri» o'z ochkolarini 49taga etkazib, 1-o'ringa qaytdi.
Italiya A seriyasi, 21-tur
Milan – Krotone 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 30 Ibrahimovich, 2:0 – 64 Ibrahimovich, 3:0 – 69 Rebich, 4:0 – 70 Rebich.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Romanoli, Teo, Tomori, Salemakers (Kastilexo, 46), Kessie (Krunich, 86), Meyte, Rebich (Xeuge, 77), Ibrahimovich (Manjukich, 77), Rafael Leau (Chalxanoglu, 62).
Krotone – Kordats, Rispoli, Golemich, Jiji, Pedru Pereyra, Benali (Eduardo Enrike, 72), Vulich (Petrichchone, 78), Unas (River, 63), Dzanellato, Luperto, Di Karmine (Nvankvo, 78).
Ogohlantirishlar: Salemakers (36), Rispoli (73), Romanoli (81), Kalabriya (86).

Bosh sahifaga
196