Himmels jamoasining kelajagidan xavotirda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

«Borussiya» Dortmund himoyachisi Mats Hummels jamoasining so'nggi o'yinlarda ko'rsatayotgan muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirdi.
«Biz tanqidlarni to'g'ri qabul qilishga majburmiz. Men maydonda nimalar bo'layotganini ko'rib turibman.
Futbolchilarga nima etishmayotganiga hayronman. Ammo bu bizga bog'liq holat emas. Murabbiylar almashgach, salbiy formaga tushib qoldik.
Autsayderlarga ochko yo'qotishni hazm qilib bo'lmaydi. Maqsadimiz EChL ekan, Bundesligani boy berishga haqqimiz yo'q. Hozirgi tizim bilan uzoqqa bora olmaymiz deb o'ylayman», - deydi Hummels.
Eslatib o'tamiz, oxirgi turda «asalarilar» «Frayburg»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225