Hakam maydonga yugurib chiqqan itga qizil kartochka ko'rsatdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2069

Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan Serbiyaning ikki — "Kolubara" va "Radnichki 1923" klublari o'zaro o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi.
Uchrashuv davomida maydonga qora it yugurib chiqdi. Uni haydab chiqarishga harakat qilishdi, ammo it maydonga qayta-qayta chiqaverdi.
To'rtinchi "tashrif"dan so'ng hakam itga qizil kartochka ko'rsatdi, ammo hayvon maydondan chiqib ketmadi.
Shundan keyin jamoalar uchrashuvni davom ettirishmadi va maydonni tark etishdi. Bu paytda "Kolubara" 3:0 hisobida oldinda borayotgandi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284